Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

21 yoshli talaba sport zalida vafot etdi

21 yoshli talaba sport zalida vafot etdi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 12 aprel kuni soat 21:50 larda 2002 yilda tug‘ilgan D.A. Yangiyo‘l shahrida joylashgan sport klubida sog‘lig‘i yomonlashgan va shu yerning o‘zida vafot etgan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

ToshDAU meva-sabzavot fakultetining 2-kurs talabasi bo‘lgan D.A.ning o‘limi o‘tkir yurak yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.

Hozirda holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring