O‘zbekistonning ko‘p hududlarida qor yog‘ib, harorat pasayib ketadi — «O‘zgidromet»
22-24 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi.
22 yanvarda, 23 yanvar kuni kechasi va ertalab O‘zbekiston bo‘yicha asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 22-23 yanvar kunlari qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
22-24 yanvar kunlari harorat kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha; shimolda kechalari 12-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqqacha pasayadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter