Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«22-avgustda Oyga uchamiz» — Mitkin

«22-avgustda Oyga uchamiz» — Mitkin

«Luna-25» missiyasiga hozirlik.

Foto: «Izvestiya»

Postsovet Rossiyasida Oyga ilk parvoz shu yilning 22-avgustida amalga oshadi. Lavochkin nomidagi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining elektr tizimlari bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Aleksandr Mitkin matbuot anjumanida shunday dedi:

«18-iyul kuni Sharqiy (Vostochniy) kosmosdromga jo‘naymiz va 22-avgustda Oyga uchamiz».

«Luna-25» missiyasining bortiga odam olmagan kosmik kemasi «Vostochniy» kosmodromidan uchiriladi. Bu avtomat stansiya, uning vositasida Oyning janubiy qutbida yumshoq qo‘nish amalga oshirilib, kontaktli tadqiqotlar o‘tkaziladi.

Ikkinchi missiya — «Luna-26» 2024-yilda Oyning kartografiyasini yaratish uchun uchiriladi. Gruntni tadqiq qiluvchi «Luna-27» esa 2028-yilda parvoz qiladi.

«Luna» sayyoralararo avtomat stansiyalari (SAS) loyihasi sobiq Ittifoq davrida ishlab chiqilgan. Ularning yordamida Oyni tadqiq qilish dasturlari 1958-yilda boshlangan. Shu paytgacha barcha SASlar Boyqo‘ng‘ir (Qozog‘iston) kosmodromida amalga oshirilgan. 1977-yili Oyga Lunoxod-3 ni yetkazishi kerak bo‘lgan «Luna-25A» loyihasi bekor qilinib, dastur to‘xtatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring