Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

24 yil kutilgan g‘alaba: Aytjan Xalmaxanov — yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempioni!

24 yil kutilgan g‘alaba: Aytjan Xalmaxanov — yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempioni!

Foto: Olympic.uz

Aytjan Xalmaxanov 24 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonga yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionligini tuhfa qildi.

Xorvatiyaning Zagreb shahrida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatida yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

-63 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda janubiy koreyalik Chung Xan-Jayeni 8:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu so‘nggi 24 yil ichida yunon-rum kurashi bo‘yicha dunyo birinchiligida o‘zbekistonlik atletlarning qo‘lga kiritgan dastlabki oltin medali bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik atlet — Dilshod Oripov. Patri (Gretsiya)da 2001-yilda o‘tgan jahon chempionati finalida u -58 kg vazn toifasida armanistonlik Karen Mnatsakanyanni yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Zagrebdagi musobaqada 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni jamg‘arishga erishdi.

Oltin medal:

-63 kg: Aytjan Xalmaxanov (yunon-rum kurashi)

Kumush medal:

-60 kg: Alisher G‘aniyev (yunon-rum kurashi)

Bronza medal:

-57 kg: G‘ulomjon Abdullayev (erkin kurash)

-65 kg: Umidjon Jalolov (erkin kurash)

-72 kg: Abdullo Aliyev (yunon-rum kurashi)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring