Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

26 avgust kuni sog‘ayganlar ko‘rsatkichi 91 foizga yetdi

26 avgust kuni sog‘ayganlar ko‘rsatkichi 91 foizga yetdi

Infografika: SSV matbuot xizmati

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 26-avgust kuni mamlakatimizda 390 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Samarqand viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

26-avgust kuni Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Surxondaryo hamda Andijon viloyatlarida jami 579 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 40 054 nafar bemordan 36 562 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 91 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 199 nafar bemordan 294 nafari og‘ir, 139 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring