Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

26-maydan Turkiyaga kelgan sayyohlardan PZR-test talab qilinmaydi

26-maydan Turkiyaga kelgan sayyohlardan PZR-test talab qilinmaydi

Foto: «Travel-otvet.ru»

Turkiya 26-maydan boshlab mamlakatga kelayotgan sayyohlardan PZR-test talab qilmaydi. Bu haqda Тurkiya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasiga tayanib «Interfaks» xabar berdi.

Avvalroq 1-apreldan boshlab Turkiyaga kirayotgan sayyohlardan test talab qilinmasligi haqida xabar qilingan edi. Xabarda ta’kidlanganidek, test sayohatga chiqish vaqtidan maksimum 72 soat oldin topshirilgan bo‘lishi kerakligi aytib o‘tilgan. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalardan test talab etilmaydi.

Ma’lumot uchun, Turkiya 30-dekabrdan koronavirusning britancha shtammi tarqalishi munosabati bilan mamlakatga keluvchi sayyohlardan test talab qilishni boshlagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring