3 oyda 15 ming nafardan ortiq shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan – Oliy sud

Oliy sud matbuot xizmati joriy yilning I-choragi davomida ko‘rib chiqilgan jinoyat ishlari yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan hisobot djavrida 19 646 nafar shaxsga nisbatan 15 681 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
108 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi.
Sudlangan shaxslar soni 15 369 nafarni tashkil etib, shundan 4 764 nafar shaxsga ozodlikdan maxrum qilish va 10 319 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 286 nafar shaxs shartli hukm qilindi. Sudlangan shaxslarning 13 611 nafari erkak, 1 708 nafari ayol, 6 066 nafari yoshlar (shu jumladan 702 nafari voyaga yetmagan) va 601 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.
2 042 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilindi, 8 181 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 2 746 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi va 3 765 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.
27 nafar shaxsga kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter