Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3-sentyabr kungi test natijalari e’lon qilindi

3-sentyabr kungi test natijalari e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

3-sentyabr kuni test sinovlaridan o‘tgan abituriyentlar o‘z natijalarini shaxsiy kabinetlari orqali ko‘rishlari mumkin. Bu haqda DTM ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 3-sentyabr kuni respublikadagi 65 ta obektda (48 ta stadion va 17 ta xiyobonda) test sinovlari o‘tkazildi.

Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 117 919 nafar abituriyentdan 112 103 nafari – 95,1 foizi qatnashdi.

6 nafar abituriyentning tana harorati 37 ⁰C dan yuqori bo‘lganligi sababli, ularga ishtirok etishga ruxsat berilmadi.

Jami 5 695 nafar abituriyent test sinoviga kelmadi.

40 nafar abituriyent hududga kirish joyida: 28 nafari telefon, 3 nafari shpargalka, 9 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirmoqchi bo‘lgani uchun chetlatildi.

75 nafar abituriyent imtihon jarayonida: 62 nafari telefon va elektron qurilmalar, 7 nafari shpargalka, 4 nafari test materiallarini olib chiqib ketishga harakat qilgani, 2 nafari boshqa shaxsning o‘rniga kirgani uchun chetlatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring