3 ta davlat fuqarolari endi O‘zbekistonga vizasiz kirishlari mumkin

Joriy yil 15-may kuni Prezidentning «2025–2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-87-son farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2025-yil yakuniga qadar turizm sohasining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- respublika hududlariga 15,8 mln nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini 4 mlrd AQSh dollariga yetkazish;
- ichki turizmni rivojlantirish hisobiga 40 mln ta mahalliy sayyohlarning hududlarga safarlarini tashkil etish, qo‘shimcha 378 ta turoperator faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
2025-yil 1-iyundan Bahrayn Qirolligi, Kuvayt Davlati va O‘mon Sultonligi fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanadi.
2025-yildan har yili 30-noyabrga qadar kelgusi yil turizmni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqiladi.
2025-yildan har yili noyabr oyining 3-haftasida Xalqaro turizm haftaligi tashkil etiladi.
2025-yil iyun oyidan «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturini amalga oshirish uchun har oy 2-haftasining shanba va yakshanba kunlari «Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni» etib belgilanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter