30-aprel. Hitlerning o‘limi, 1-batalon, metrodagi «Tinchlik», «bepul» internet va boshqa voqealar

Bayram va muhim sanalar
- G‘alaba kuni (Vetnam).
- Fors ko‘rfazi milliy kuni (Eron).
- Bolalar kuni (Meksika).
- Qirol kuni (Shvetsiya).
Voqea-hodisalar
- 1658-yil — Monreal (Kanada) shahrida birinchi maktab ochildi.
- 1722-yil — «New England Courant» gazetasida birinchi marta bilyard o‘yini nomi keltirildi.
- 1789-yil — Jorj Vashington bir ovozdan AQShning birinchi prezidenti etib saylandi.
- 1803-yil — AQSh Fransiyadan Luizianani sotib oldi.
- 1838-yil — Nikaragua Markaziy Amerika federatsiyasidan ajralib chiqdi.
- 1854-yil — Braziliyada birinchi temiryo‘l ochildi.
- 1871-yil — Kemp-Grant bozorchasidagi qirg‘in (Arizona, AQSh). Arivaypa hindularidan 114 kishi halok bo‘ldi.
- 1893-yil — Novonikolayevsk (hozirgi Novosibirsk) shahriga asos solindi.
- 1900-yil — Havayi orollari AQShga qo‘shib olindi.
- 1902-yil — Norvegiya futbol federatsiyasiga asos solindi.
- 1918-yil — Qrim respublikasi tashkil etildi.
- 1934-yil — Avstriyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1939-yil — Nyu-Yorkda jahon sanoat ko‘rgazmasi ochildi. Ushbu tadbirni namoyish etishdan AQShda muntazam teletranslyasiyalar boshlandi.
- 1945-yil — Ikkinchi jahon urushi: sovet qo‘shini Ravensbryuk ayollar konslageri tutqunlarini ozod qildi.
- 1945-yil — Ikkinchi jahon urushi: Adolf Hitler o‘z joniga qasd qildi.
- 1958-yil — Gaitida davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish prezident Fransua Dyuvale tomonidan bostirildi.
- 1970-yil — Vetnam urushi: AQSh qo‘shini Kambodja hududiga kirdi.
- 1975-yil — Vetnam urushi: Shimoliy Vetnam armiyasi Saygonni egallashi bilan Vetnam urushi tugadi.
- 1979-yil — Isroil davlati tuzilganidan beri ilk marta uning kemasi Suvaysh kanalidan o‘tdi.
- 1984-yil — Afg‘on urushi: 682-motoo‘qchi polkining 1-bataloni halokati. Afg‘on urushidagi eng halokatli bu jangda 57 nafardan 87 nafargacha sovet jangchisi halok bo‘lgani haqida ma’lumotlar bor.
- 1991-yil — Toshkent metrosining «Tinchlik» bekati ishga tushdi.
- 1992-yil — Jenevada Yevropa elementar zarralar laboratoriyasi (CERN) xodimi Tim Berners-Li ishlab chiqan jahon o‘rgimchak to‘ri (World Wide Web) hamma uchun bepul bo‘lishi e’lon qilindi.
- 2002-yil — Obninsk shahrida dunyodagi birinchi atom elektr stansiyasi reaktori butunlay to‘xtatildi.
Tavallud kunlari
- 1777-yil — Karl Fridrix Gauss, nemis matematigi, fizik va astronom.
- 1857-yil — Eygen Bleyler, shveysariyalik psixiatr va psixolog. Shizofreniya atamasini fanga kiritib, uning alohida kasallik ekanini tavsiflab bergan.
- 1883-yil — Yaroslav Gashek, chex satirik yozuvchisi.
- 1916-yil — Klod Elvud Shennon, amerikalik matematik va muhandis, axborot nazariyasi asoschilaridan biri.
- 1946-yil — Karl XVI Gustaf, Shvetsiya qiroli.
- 1956-yil — Lars fon Triyer, dan kinorejissyori.
- 1967-yil — Filipp Kirkorov, rossiyalik estrada xonandasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter