Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

30 ta «begona» so‘zning o‘zbekcha muqobillari taklif qilinyapti (ro‘yxat)

30 ta «begona» so‘zning o‘zbekcha muqobillari taklif qilinyapti (ro‘yxat)

Xorijiy atamalarni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish bo‘yicha jamoatchilik yuborgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan ko‘rib chiqildi.

Ular hozircha 30 ta atamaning o‘zbekcha muqobilini taklif etmoqda:

  1. Aysberg — Muztog‘
  2. Bruschatka — Yo‘lg‘isht
  3. Diskussiya — Bahs, munozara
  4. Zona — Hudud
  5. Instrument — Ish quroli
  6. Intensiv — Jadal
  7. Kamera — Bo‘lma
  8. Konstruksiya — Tuzilma
  9. Koordinator — Muvofiqlashtiruvchi
  10. Koridor — Yo‘lak
  11. Lider — Yo‘lboshchi, yetakchi
  12. Marshrut — Yo‘nalish
  13. Progress, progressiv — Ilg‘or, rivojlanish
  14. Dostavka — Yetkazish
  15. Probeg — Yurim
  16. Set (ovqatlar seti bo‘yicha) — To‘plam
  17. Oprava — Ko‘zoynak bandi
  18. Polik — To‘shama
  19. Balansirovka — Muvozanatlashtirish
  20. Vnedorojnik — Yo‘ltanlamas
  21. Chelenj — Chorlov
  22. Navigator — Yo‘llagich
  23. Selfi — O‘zchekim
  24. Svetofor — Yo‘lchiroq
  25. Ekspluatatsiya — Foydalanish
  26. Aksiya — Yalpi harakat
  27. Kuler — Suvlik
  28. Keshbek — Hadya-qaytim
  29. Poverbank — Kuchlantirgich
  30. Karving — Meva bezakchiligi

Ta’kidlanishicha, bu yakuniy variant emas, ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari bo‘yicha boshqa fikr va mulohazalarni ham eshitishga tayyor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring