Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

34-o‘lim: toshkentlik fuqaro koronavirusdan vafot etdi

34-o‘lim: toshkentlik fuqaro koronavirusdan vafot etdi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lim holatlari 34taga yetdi. Bugun esa jami uchta o‘lim kuzatildi. 

Jumladan, Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 49 yoshli N.U. (ayol kishi) bir necha kun davomida tana haroratining ko‘tarilishi, tomog‘ida og‘riq va holsizlik bo‘lishiga qaramasdan shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilmagan.

Joriy yil 3-iyul kuni bemor xususiy klinikada koronavirusga tahlil topshirgan. Shu kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli 7-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, sun’iy nafas olish apparatiga ulangan.

Unga «Ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, koma I» tashxisi qo‘yilgan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring