Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

39 yashar Luka Modrich Italiya grandiga o‘tdi

39 yashar Luka Modrich Italiya grandiga o‘tdi

Futbolchi Luka Modrich "Milan"ga o‘tdi. Italiya klubining xorvatiyalik yarim himoyachi bilan shartnomasi bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, uni 2027-yilgacha uzaytirish mumkin. 

“Oltin to‘p” sohibi Luka Modrich Italiyaning “Milan” klubi bilan shartnoma imzoladi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati. 

 Xorvatiyalik yarim himoyachi bilan shartnoma 2027-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirilishi mumkin va bir yilga mo‘ljallangan. 

39 yoshli Modrich "Real" bilan 6 karra Chempionlar ligasi g‘olibi va "Oltin to‘p" sohibi. Futbolchi faoliyati davomida Angliyaning "Tottenxem" va Xorvatiyaning "Dinamo" (Zagreb) klublarida ham to‘p surgan. 

Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumida Modrich "Real" safida 35 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan. 2025-yilning yozida xorvatiyalik Madrid klubini tark etgandi. Hammasi bo‘lib Modrich "Real" safida 590 ta o‘yin o‘tkazib, 43 ta gol urgan. 

Yarim himoyachi Xorvatiya terma jamoasi bilan JCh-2018 finaliga qadar yetib borgan va 2022-yilda bronza, 2023 yilda esa Millatlar ligasida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring