Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

4 gektarli yerda Andijon viloyat hokimligining yangi binosi qurilishi boshlandi

4 gektarli yerda Andijon viloyat hokimligining yangi binosi qurilishi boshlandi

Andijon tumanida bunyod etilayotgan 4 ming gektar yer maydoniga ega Yangi Andijon shahri hududida viloyat hokimligining yangi binosini qurish ishlari boshlandi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, yangi bino investitsiya mablag‘lari asosida 4 gektar yer maydonida barpo etiladi.

Qayd etilishicha, jami qurilish maydoni 7 ming 100 kvadrat metrni tashkil etadi. 1,4 gektar maydonida ko‘kalamzorlar bunyod etiladi. Yangi binolar 3 qavatli hamda 5 qavatli shaklda qurilib, 150 ta ma’muriy xonalarni o‘z ichiga oladi.

Viloyat hokimligi binosi qurilishini boshlab berish uchun tashkil etilgan marosimda, shuningdek, «Yashil makon» umummilliy loyihasi hamda «Vatanparvarlar bog‘i»ni barpo etish bo‘yicha navbatdagi harakatlar boshlab berildi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 17-iyunida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Andijon tumani hududida Yangi Andijon shahri qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring