Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

4 kun avval ishdan bo‘shatilgan IIBB xodimi mast holda 2 yoshli bolani urib ketdi

4 kun avval ishdan bo‘shatilgan IIBB xodimi mast holda 2 yoshli bolani urib ketdi

Illyustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida ichki ishlar organlari xodimi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida xabarlar tarqamoqda, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Mazkur fakt bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilingan: 24-avgust kuni taxminan soat 01.10 da Yunusobod tumani Yunusota ko‘chasida «Kobalt» rusumli avtomobil haydovchisi 31 yoshli Toxirxo‘ja A. (Toshkent shahar IIBB sobiq xodimi, shahodatlash komissiyasidan o‘tmagach, rahbariyatning buyrug‘i asosida joriy yilning 20-avgust kuni ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan) piyodalarning tartibga solinmagan o‘tish joyidan onasi bilan o‘tayotgan yosh bolani urib yuborgan. YTH oqibatida 2 yoshli T.Ch. tan jarohitlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

YTHning taxminiy sababi: tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra haydovchi spirtli ichimlik ta’siri ostida bo‘lgan va piyodalarni ko‘rmay qolgan.

Mazkur fakt asosida Yunusobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hozirda olib borilayotgan tergov ishlarining yakuniga ko‘ra qonuniy chora ko‘riladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring