Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

4 oyda xorijga chiqib kelgan o‘zbekistonliklar soni 2 mln nafardan oshgan – statistika

4 oyda xorijga chiqib kelgan o‘zbekistonliklar soni 2 mln nafardan oshgan – statistika

2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 2,1 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 404,5 ming nafarga yoki 23,6 foizga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida chet elga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

  • qarindoshlarni yo‘qlash – 1,7 mln nafar;
  • sayyohlik – 399,1 ming nafar;
  • davolanish – 15,2 ming nafar;
  • o‘qish – 9,9 ming nafar;
  • xizmat yuzasidan – 4,7 ming nafar.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring