+498. 28-iyunda kasallanganlar soni bo‘yicha ma’lumot berildi
2021-yil 28-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 110190 (+498) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 16 nafari Andijon viloyatida,
- 10 nafari Buxoro viloyatida,
- 37 nafari Jizzax viloyatida,
- 13 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 6 nafari Navoiy viloyatida,
- 26 nafari Namangan viloyatida,
- 85 nafari Samarqand viloyatida,
- 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 40 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 52 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 20 nafari Xorazm viloyatida,
- 50 nafari Toshkent viloyatida,
- 115 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar,
- Jizzax viloyatida 29 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
- Navoiy viloyatida 2 nafar,
- Namangan viloyatida 5 nafar,
- Samarqand viloyatida 78 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 14 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 37 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 14 nafar,
- Xorazm viloyatida 28 nafar,
- Toshkent viloyatida 58 nafar,
- Toshkent shahrida 352 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 106416 (+636) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 733 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3041 nafar bemor davolanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter