50 ming so‘mlik kupyuralarini qalbakilashtirganlar qo‘lga olindi

Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro Mansur V. (1998-y.t) «Epson Stylus Photo PX600» rusumli rangli printer yordamida 21 dona 50.000 so‘m kupyuradagi jami 2.150.000 so‘m qiymatdagi qalbaki pullar tayyorlab, ularni o‘tkazganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan 11 sentyabr Mansur V.ga nisbatan JKning 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter