Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

50 yoshida talonchilikka qo‘l urgan ayol

50 yoshida talonchilikka qo‘l urgan ayol

Foto: «Tergov.uz»

2021-yil 10-aprel kuni 50 yoshli N.Madina Namangan shahar 5-kichik tumanida joylashgan «Yashil dehqon bozori»da bo‘la turib, u yerga xarid uchun kelgan fuqaro 36 yoshli A.Ra’noning yonidagi bolalar aravachasidan telefon apparati va 445 000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab olayotganida, buni A.Ra’no ko‘rib qolgan. Telefonini tortib olishga uringan vaqtida N.Madina uni qo‘li bilan itarib yuborib, hayoti uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatgan. 445 000 so‘m pullarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib hodisa joyidan qochib ketayotganida ushbu hududda xizmat olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan N.Madinaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring