55 metrli shokoladli poyezd Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi
Maltalik mashhur shokoladchi Endryu Farrujiya uzunligi 55,27 metr bo‘lgan shokoladli poyezd haykalini yaratib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu asar Olimpiya suv havzasidan ham uzunroq bo‘lib, Belgiya shokoladidan tayyorlangan. Poyezd bir lokomotiv va 22 ta vagondan iborat, uning har bir qismi 160 kilogrammgacha tosh bosadi.

Foto: Francesco Enriquez / IPA via ZUMA Press / TASS
Ushbu rekord ustida tayyorgarlik ishlari bir yil davom etdi, bevosita yaratish jarayoniga esa to‘rt oy vaqt ketdi. Haykalni yasashda Malta va Italiya oshpazlik maktabi talabalari ham ishtirok etishdi. Jami 5000 ga yaqin mayda detallar qo‘lda ishlangan. Eng murakkab jarayon bu ulkan eksponatni Milanga shikastlamasdan yetkazib berish bo‘lgan.
Endryu Farrujiya bungacha ham bir nechta rekordlarni o‘rnatgan. U 2012-yilda Bryusselda 34 metrlik shokolad poyezd, 2014-yilda esa Dubayda Burj Xalifa binosining 13,5 metrlik shokoladli nusxasini yaratgan edi. Poyezd uzoq vaqt ochiq havoda turgani sababli uni yeyish mumkin emas.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter