5,6 mlrd so‘mlik dorilar saqlanayotgan yashirin ombor fosh qilindi
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Bojxona hamda Ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Uychi tumanida farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxona rahbari hamda ishchisi bo‘lgan 1983 va 1986-yillarda tug‘ilgan aka-uka tomonidan noturar bino yerto‘lasida tashkil etilgan yashirin ombor fosh etildi.
Omborni ko‘zdan kechirish jarayonida xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy taxminiy qiymati 5,6 mlrd so‘mni tashkil etuvchi 412 turdagi jami 67 923 birlikdagi dori vositalari kelgusida sotish maqsadida saqlanayotgani aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda ushbu dori vositalariga nisbatan sudga oid kimyoviy, tovarshunoslik ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter