Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

6-avgust kungi test natijalari chiqdi

6-avgust kungi test natijalari chiqdi

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 6-avgust kuni topshirilgan test sinovlari natijalari e’lon qilindi.

Eng yuqori ballar:

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Samarqand tibbiyot institutining 551010008 – Davolash ishi (Qashqadaryo) ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasining 551010008 – Davolash ishi (Sirdaryo) ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
  • Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Toshkent moliya institutining 5230700 – Bank ishi ta’lim yo‘nalishi – 144,3 ball;

v) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:

  • O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5111306 – Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda ta’lim yo‘nalishi – 119,4 ball.

Kecha va avvalgi kuni test topshirganlar o‘z ballarini cabinet.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirib tekshirib olishlari mumkin. Buning uchun pasport seriyasi yoki ID kodni kiritish kifoya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring