6 mlrd so‘mlik festival bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Andijondagi festivalga 6 mlrd so‘m ajratilmoqda.
Antikorrupsiya agentligi Xonoboddagi festivalga ajratilayotgan milliardlar yuzasidan o‘rganish boshladi.
Andijonda avgustda bo‘lib o‘tadigan “Dunyo sadolari” festivali uchun 6 mlrd so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Tadbirga chaqirilayotgan Mustafa Sandal, Arash, In-Grid, Alisha Chinay va Arabesque guruhiga 5 mlrd so‘mdan ortiq gonorar ajratilishi rejalashtirilgan.
Viloyat hokimligi “pullar o‘zini oqlaydi”, deya izoh bergan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur festival bir necha yildan beri o‘tkazib kelinadi va hududni rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter