Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

6 oyda havo transportida 4,5 mln yo‘lovchi tashildi

6 oyda havo transportida 4,5 mln yo‘lovchi tashildi

Foto: Xabar.uz

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda havo transporti orqali 4,5 mln nafar yo‘lovchi tashilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,3 foizga ko‘p.

Shu jumladan, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida havo transportida 57,2 ming tonna yuk tashilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida 4,4 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. Safarlarda qo‘shni davlatlar ustunlik qilgan. Xususan, birinchi uchlikni Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston egallagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring