Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

64 nafar o‘zbekistonlik qutqarildi

64 nafar o‘zbekistonlik qutqarildi

Qozog‘istonning Aqmola viloyatida yo‘lda qolib ketgan 64 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi, ulardan 17 nafari bolalar, deb xabar bermoqda Kazinform.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 15 fevral kuni «Astana-Chelyabinsk» yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi «Jaqsi-Yesil-Buziliq» yo‘lidagi Jaqsi qishlog‘i yaqinida buzilib qolgan.

«Jaqsi tumani qutqaruvchilari Ayaz Maqashev va Saylaubek Qazjimuratov zudlik bilan chaqiruv joyiga yetib borishdi. Ular buzilgan avtobusda bo‘lgan 64 nafar yo‘lovchini (shundan 17 nafari bola) Jaqsi qishlog‘idagi 1-sonli o‘rta maktabda joylashgan isinish joyiga olib ketishdi. Yo‘lovchilar tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagan», – deyiladi agentlik xabarida.

Avvalroq Qozog‘istonda anomal sovuq kuzatilayotgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring