Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

7–9-iyul kunlari ayrim hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi kutilmoqda — O‘zgidromet

7–9-iyul kunlari ayrim hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi kutilmoqda — O‘zgidromet

Illyustrativ foto

O‘zgidromet «Tezkor gidrometeorologik axborot»ni e’lon qildi. Unga ko‘ra, ayrim hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi kutilmoqda

Joriy yilning 7-9-iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida, Shohimardonda;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu hududlarning suv bosishiga olib kelishi mumkin, deyiladi axborotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring