Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8-13 dekabr kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

8-13 dekabr kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

2023-yil 10-12-dekabr kunlari A-373 «Toshkent – O‘sh» avtoyo‘lining «Qamchiq» dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi mumkin. Shuningdek, shamol tezligi 17 – 22 m/s gacha kuchayishi natijasida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Bu haqdagi tezkor ma’lumot O‘zgidromet rahbari Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja tomonidan tarqatilmoqda.

O‘zgidromet rahbariga ko‘ra, joriy yil 8-13-dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari) hamda Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring