Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8 nafar hamyurtimizning jasadi Xorazmga olib kelindi

8 nafar hamyurtimizning jasadi Xorazmga olib kelindi

Rossiyaning Penza viloyatidagi YTHda halok bo‘lgan 8 nafar hamyurtimiz jasadi Mudofaa vazirligining harbiy-transport samolyotida O‘zbekistonga olib kelindi. Halok bo‘lganlarning barchasi Xorazm viloyatidan bo‘lgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan Hukumat farmoyishi bilan Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruh kecha, 12 yanvar kuni Penza viloyatiga yetib borib, Rossiya Federatsiyasining mas’ul idoralari rahbarlari bilan uchrashdi va hamkorlik asosida tashkiliy hamda amaliy harakatlar olib borilgan.

Shundan so‘ng maxsus bort Rossiya Federatsiyasidan uchib, 13 yanvar kuni soat 06:50 larda Xorazm viloyatidagi «Urganch» xalqaro aeroportga kelib qo‘ndi.

Rossiya Federatsiyasi mas’ullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda yaqindan ko‘mak berishgan.

Jarohatlangan fuqarolarning 1 nafari 12 yanvar kuni tonggi vaqtda Penza shahridagi shifoxonada shifokorlarning muolajalariga qaramasdan vafot etgan.

Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash va Transport vazirliklari hamkorligida 8 nafar vafot etgan fuqarolarning jasadlari yashash manzillariga yuborildi. Hozirda mahalliy hokimliklar tomonidan dafn marosimlarini o‘tkazish yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Jarohatlangan yana 1 nafar fuqaro Penza shahridagi kasalxonada, davolanish ishlari yakuniga yetgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasiga qaytariladi. Hozirgi vaqtda kasalxonaga joylashtirilgan fuqaro shifokorlarning qat’iy nazoratiga olinib, tegishli muolajalar o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring