8 ta o‘t o‘chirish mashinasi yonib ketdi — Rossiya (video)

Rossiyaning Ryazan viloyatida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Vaziyat juda og‘ir: bir vaqtning o‘zida 200 gektar o‘rmon yonyapti, shu paytgacha 12 ming gektar o‘rmon kulga aylandi, deb xabar berdi «Ren-TV».
Kuchli shamol olovni o‘chirishga xalaqit beryapti. Ba’zida olov qurshovida qolgan yong‘inga qarshi kurashuvchilar jon saqlash uchun texnikani tashlab chiqishga majbur bo‘lishyapti.
O‘rmon yong‘inlarida ryazanlik o‘t o‘chiruvchilar kamida 8 ta maxsus mashinadan ayrilishdi. Ayrim mashinalar butunlay, ba’zilari qisman yonib ishdan chiqqan. O‘t o‘chiruvchilar orasida bir kishi halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter