Dunyo boylari: «Bizga solinadigan soliqni oshiringlar!»
AQSh va G‘arbiy Yevropa davlatlarida istiqomat qiluvchi millionerlar guruhi G20 sammiti ochilishi arafasida davlat rahbarlaridan ularga solinadigan soliqni oshirishni so‘rab chiqishdi. Boylarning fikriga ko‘ra, bu ularga o‘xshagan odamlarga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda muhim rol o‘ynashiga yordam beradi.
«Biz reanimatsiya bo‘limidagi bemorlarga qaramayapmiz. Biz bemorlarni shifoxonalarga olib boradigan «Tez yordam» mashinalarini haydamayapmiz. Biz do‘konlarni oziq-ovqatga to‘ldirmayapmiz. Biz oziq-ovqat yetkazib bermayapmiz. Lekin bizning pulimiz ko‘p. Bu pul hozir nihoyatda muhim», — deyiladi millionerlar guruhi bayonotida.
Maktubda yozilishicha, koronavirus pandemiyasi muammosi va asoratlarini hayriya hisobiga bartaraf etishning iloji yo‘q. Maktubga imzo chekuvchilar davlat rahbarlaridan «sayyoramizning eng boy odamlari»ga solinadigan soliqni oshirish hisobiga sog‘liqni saqlash, ta’lim va xavfsizlik tizimini moliyaviy ta’minlash uchun «yetarli mablag‘ni to‘plab, ularni odilona taqsimlash majburiyatini o‘zlariga olishni» so‘rashyapti.
Maktubni 80 kishi, jumladan, Disney Ebigeyl va Tim Disney oilasi vakillari, «BlackRock» investitsiya fondi sobiq boshqaruvchi direktori Morris Perl hamda AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Niderlandiya va Yangi Zelandiyaning boshqa milliarder va millionerlari imzolagan.
«The Guardian»ning ta’kidlashicha, maktub 18-iyulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «katta yigirmatalik» davlatlari moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlari uchrashuv arafasida chop etildi. Mualliflar siyosatchilarni global tengsizlikka qarshi kurashishga chaqirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter