84 yoshli Mingboyev lavozimiga qayta saylandi

Ubaydulla Qurbonovich Mingboyevni alohida tanishtirishga hojat yo‘q. Nainki sud tizimida, balki keng jamoatchilik o‘rtasida katta obro‘-e’tiborga ega. Mehnat faoliyatini tergovchilikdan boshlagan U. Mingboyev viloyat sudi sudyasi, viloyat va Toshkent shahar sudi raisi sifatida samarali mehnati bilan e’tibor qozongan.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi raisi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist.
Bugun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasining VI qurultoyida Ubaydulla Mingboyev ushbu tuzilma raisligiga qayta saylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter