Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

9-may kuni Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Bahrom bobo vafot etdi

9-may kuni Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Bahrom bobo vafot etdi

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani «Mirishkor» mahallasidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Bahrom bobo Yomonqulov bugun, 9-may kuni 97 yoshida vafot etdi.

U 1924-yil 10-may kuni dunyoga kelgan.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qatorida Bahrom boboning ham yaqinda holidan xabar olinib, Prezident tabrigi yetkazilgani ma’lum qilingan.

«Xabar.uz» jamoasi marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring