Abbos Fayzullayev SSKA bilan superkubokni qo‘lga kiritdi

Qozon shahrida Rossiya superkubogi uchun bugun bo‘lib o‘tgan o‘yinda mamlakat kubogi sohibi SSKA amaldagi chempion «Krasnodar»ga qarshi to‘p surdi.
47-daqiqada Igor Diveyev tomonidan urilgan yagona gol SSKAga g‘alaba keltirdi va armiyachilar o‘z tarixida 8-marta superkubokni qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekistonlik Abbos Fayzullayev 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Bu uning Rossiyadagi ikkinchi sovrini — avvalroq Rossiya kubogi sohibi bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter