Abbos Fayzullayev va SSKA — Rossiya kubogi sohibi!

Kecha futbol bo‘yicha Rossiya kubogi superfinalida SSKA va «Rostov» to‘qnashdi.
O‘yinda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida Igor Akinfeyevning seyvi armiyachilarga g‘alaba keltirdi, klub o‘z tarixida 9-marta kubokni qo‘lga kiritib, «Lokomotiv» (Moskva)ga yetib oldi.
SSKAning o‘zbekistonlik yarimhimoyachisi Abbos Fayzullayev 73-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.
Rossiya kubogi. Superfinal
Rostov — SSKA 0:0
Penaltilar seriyasi — 3:4.
1-iyun, «Lujniki»
Rostov: Yatimov, Ronaldo, Melexin, Sako, Osipenko, Vaxaniya (Langovich, 88), Shetinin (Bayramyan, 88), Shantaliy, Kuchayev (Komarov, 73), Komlichenko, Golenkov (Sutormin, 79).
SSKA: Akinfeyev, Gayich, Diveyev, Villian Rosha, Moyses, Oblyakov, Kislyak, Bistrovich (Fayzullayev, 73), Pyanich, Koyta (Musayev, 67), Guarirapa (Glebov, 87).
Ogohlantirishlar: Melexin (45+5), Sako (58), Shetinin (82).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter