Abdulla Aripov Eron prezidenti qabulida bo‘ldi

Rasmiy tashrif bilan Tehron shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovni bugun, 12-may kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon qabul qildi.
Dastlab, O‘zbekiston tomoni mamlakat delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, Prezident Mirziyoyevning yo‘llagan samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda ikki davlat Rahbarining qat’iy siyosiy irodasi tufayli o‘zaro hamkorlik keng qamrovli munosabatlar darajasiga ko‘tarilgani, Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi mintaqa barqarorligi uchun ham muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, hududlararo hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Tehronga tashrif doirasida Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyiga ham tashrif buyurilib energetika, tibbiyot va farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, IT, qurilish singari sohalardagi ilg‘or mahsulot va ishlanmalar bilan tanishildi.
Shuning bilan O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Eronga tashrifi yakunlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter