Bugun, 20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Kubatbek Boronov o‘rtasida telefon orqali muloqot
bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston hukumati rahbari o‘z hamkasbini Bosh vazir lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining yangi sur’atlar bilan izchil rivojlanib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar yaqin kunlarda Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish masalalarini muhokama qilishdi.
Ikki mamlakat Bosh vazirlari boshchiligidagi O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalarining oxirgi martda uchrashuvi 2019 yil avgust oyida Bishkekda o‘tkazilgan.
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Bosh vaziri tomonidan K.Boronov nomiga Qirg‘iziston Bosh vaziri etib tayinlangani munosabati bilan tabrik maktubi yuborilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter