Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri bilan uchrashdi (foto)

Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri bilan uchrashdi (foto)

Foto: «Uznews»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri Muhammadkali Abilgaziyev o‘zbek-qirg‘iz chegarasi borasida suhbatlashishdi, deb xabar bermoqda «Uznews».

Ikki tomonlama uchrashuv 31 may kuni Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan MDH davlatlari bosh vazirlari uchrashuvlari doirasida bo‘lib o‘tdi.

Xabarda aytilishicha, Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri asosan o‘tgan yilda ikki mamlakat o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan mustahkam va do‘stona aloqalarga e’tibor qaratgan holda bunday aloqalardan Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumati manfaatdor ekanligini ta’kidlagan.

Shuningdek, Qirg‘iziston bosh vaziri davlat rahbarlari tomonidan Bosh vazirlar oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri bu mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayriboshlash hajmini 500 million AQSh dollariga yetkazilishi ekanligini ta’kidlagan.

Shuningdek, bosh vazirlar chegara hududlardagi hokimlar va rahbarlar o‘zaro yaxshi aloqalarni yo‘lga qo‘yishi kerakligi borasida ham kelishib olishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring