Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov Qozog‘istondagi suv bosgan qishloqqa bordi

Abdulla Aripov Qozog‘istondagi suv bosgan qishloqqa bordi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov qozog‘istonlik hamkasbi Asqar Mamin bilan Turkiston viloyati Maqtaaral tumanidagi Mirzakent posyolkasiga bordi.

Hukumat rahbarlari Maqtaaral tumanining suv bosgan hududlarini ko‘zdan kechirdi, shuningdek, toshqin oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Maqtaaral tumanining ma’muriy markazi — Mirzakent qishlog‘ida Qozog‘iston va O‘zbekistonning Bosh vazirlari yangi mikrorayon qurilishining rejasi bilan tanishib, birinchi turarjoy binolarining poydevorini qo‘yish marosimida ishtirok etdilar.

Mirzakent posyolkasida toshqindan jabr ko‘rgan Zenis, Janaturmis va Dostik aholi punktlarida 500 oilalar uchun yakka tartibdagi turarjoylar, maktab, bolalar bog‘chasi va o‘rta tibbiyot markazlarini qurish rejalashtirilgan. Qurilish ishlari Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi mutaxassislari tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring