Abduqodir Husanov APLning eng qimmatlashgan futbolchilari beshligiga kirdi

«Manchester Siti»ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov APLning eng qimmatlashgan futbolchilari beshligiga kirdi.
Abduqodirning transfer qiymatiga 23 mln yevro qo‘shilib, hozirda 35 mln yevroni tashkil etmoqda.
E’tiborli tomoni, top-10likdagi futbolchilarning to‘rt nafari «Manchester Siti» sharafini himoya qilmoqda va Husanov ularning barchasidan oldinda.
Eng qimmatlashgan futbolchilar (top-10):
- Palmer («Chelsi», € 130 (+40) mln)
- Isak («Nyukasl», € 100 (+25) mln)
- Nvaneri («Arsenal», € 55 (+25) mln)
- Hyoysen («Bornmut», € 42 (+24) mln)
- Husanov («Manchester Siti», € 35 (+23) mln)
- Gonsales («Manchester Siti», € 40 (+22) mln)
- Lyuis-Skelli («Arsenal», € 28 (+18) mln)
- Reys («Manchester Siti», € 30 (+16) mln)
- Marmush («Manchester Siti», € 75 (+15) mln)
- Gravenberx («Liverpul», € 70 (+15) mln)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter