Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdusattorov «Tata Steel Chess India 2022» turniri birinchi raqamli shaxmatchisini mag‘lub qildi

Abdusattorov «Tata Steel Chess India 2022» turniri birinchi raqamli shaxmatchisini mag‘lub qildi

Nodirbek Abdusattorov «Tata Steel Chess India 2022» turnirining birinchi raqamli shaxmatchisi Hikaru Nakamurani mag‘lubiyatga uchratdi.

Ayni kunda u Hindistonda shaxmat bo‘yicha mazkur turnirida ishtirok etmoqda.

Kecha, 29-noyabr kuni musobaqa doirasida dastlabki uchta tur o‘tkazildi. Dastlabki turda Nodirbek hindistonlik Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ikkinchi turda esa boshqa bir mezbon Sarin Nihal bilan durang qayd etildi. Uchinchi turda esa amerikalik Hikaru Nakamuradan ustun keldi.

Shu tariqa Nodirbek 3 ta turdan so‘ng 1,5 ochko to‘plagan holda 5-o‘rinni egallab turibdi. 1-o‘rindan 3 ta urinishda 3 ochko jamg‘argan ozarbayjonlik Shahriyar Mamedyarov joy olgan.

Bugun musobaqa doirasida navbatdagi uchta tur o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring