Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abituriyentlarga eslatma! ID-kartami yoki biopasport?

Abituriyentlarga eslatma! ID-kartami yoki biopasport?

Foto: Xabar.uz

Aprel oyida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari lozimligi haqida e’lon berilgan edi.

Shundan so‘ng ko‘plab ommaviy axborot vositalari orqali abituriyentlarda ID-karta bo‘lishi shart, degan mazmunda xabarlar tarqalgandi. Natijada abituriyentlar tomonidan murojaatlar ko‘payib ketgan.

Davlat test markazidan Xabar.uz’ga ma’lum qilishlaricha, joriy yilda ham oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari uchun abituriyentda biometrik pasport yoki ID-karta bo‘lishi lozim. Demak, biometrik pasportga ega abituriyentlar ID-karta olishlari shart emas;

Shuningdek:

  • abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi;
  • ro‘yxatga olishda abituriyentlarning rasmi va pasport ma’lumotlari Davlat personallashtirish markazidan onlayn rejimda olinadi;
  • abituriyentlar biometrik pasport bilan ham my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Davlat test markaziga oid boshqa o‘zgarishlar haqida kecha xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring