Abituriyentlarning qariyb 47 foizi o‘qishga kirish uchun minimal ballni yig‘a olmadi
O‘zbekistonda 12 kun davom etgan OTMlarga kirish imtihonlari yakuniga yetdi. Test topshirgan abituriyentlarning natijalari mandat.uzbmb.uz saytida e’lon qilindi.
Bu yil jami 737 351 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashdi. Bu o‘tgan yilgidan 151 mingga kam. Ruxsatnoma chiqarilgan 65 243 nafar abituriyent imtihonga kelmagan. Testdan chetlatilganlar – 94 nafarni tashkil etadi.
Eng yuqori o‘rtacha ballar Buxoro, Toshkent va Farg‘ona viloyatidan qatnashgan abituriyentlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Hududlar kesimida o‘rtacha ballar quyidagicha:
Buxoro viloyati — 75,9 ball;
Toshkent shahri — 74,6 ball;
Farg‘ona viloyati — 69,9 ball;
Namangan viloyati — 68 ball;
Xorazm viloyati — 68 ball;
Navoiy viloyati — 67,2 ball;
Samarqand viloyati — 67 ball;
Qashqadaryo viloyati — 65,9 ball;
Jizzax viloyati — 65,5 ball;
Surxondaryo viloyati — 64,7 ball;
Toshkent viloyati — 64 ball;
Andijon viloyati — 63,5 ball;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 63,3 ball;
Sirdaryo viloyati — 62,8 ball
Testda qatnashgan abituriyentlarning 345 869 nafari o‘qishga kirish uchun yig‘ish kerak bo‘lgan minimal 56,7 ballni ham to‘play olmagan. Bu jami abituriyentlarnning 46,9 foizi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter