Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori vafot etdi

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori vafot etdi

Foto: «Wikipedia»

Nobel mukofotini birinchi bo‘lib qo‘lga kiritgan qora tanli laureat, amerikalik yozuvchi Toni Morrison 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Associated Press» xabar berdi.

Morrison kecha, 5-avgust kuni Nyu-Yorkdagi tibbiyot markazlaridan birida olamdan o‘tgan.

Toni Morrison — Nobel mukofotini adabiyot yo‘nalishida 1993-yili qo‘lga kiritgan. Uning ijodiy faoliyati Govard universiteti norasmiy yozuvchilar va shoirlar to‘garagida boshlagan. To‘garak uchrashuvlaridan biriga u moviy ko‘zlari bo‘lishni orzu qiluvchi qora tanli qiz haqidagi hikoyasi bilan keladi. Keyinchalik bu hikoya yozuvchi ayolning ilk romani — «Eng moviy ko‘zlar»ga asos qilib olingan.

«Ma’shuqa» romani esa Morrisonga 1988-yili Pulitser mukofotini keltirgan.

Orzular va poeziyaga boy romanlari bilan chinakam amerika hayotini jonlantirib bergani uchun Morrison keyinchalik Nobel mukofotiga loyiq topilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring