Adam Qodirov o‘zining to‘yida million dollarlik soatda ko‘rinish berdi

Checheniston rahbarining 17 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov o‘zining to‘yiga Jacob & Co. kompaniyasining Jacob & Co. Billionaire Ashoka soatini taqqan holda kelgan.
«Kommersant»ning qayd etishicha, Jacob & Co. kompaniyasi Billionaire Ashoka soatlarining bir nechta modifikatsiyasini ishlab chiqargan. Darajalariga qarab, ularning narxi 2 mln dollardan 27,7 mln dollargacha o‘zgarib turadi.
The Insider nashrining ta’kidlashicha, Adam Qodirov, shuningdek, to‘y paytida o‘tirgan Mercedes-Benz G-Class STRONGER THAN THE 1980s avtomobili ham dunyo bo‘ylab bor-yo‘g‘i 480 dona ishlab chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, Adam Qodirov 28 iyun kuni chechenistonlik senator Sulaymon Geremeyevning qiziga uylandi.
Adam Qodirov avvalroq Grozniy tergov izolyatorida Qur’onni yoqqani uchun bezorilikda ayblangan hibsda bo‘lgan Nikita Juravelni kaltaklagani bilan mashhur bo‘lgan edi.
Checheniston rahbarining o‘g‘li ayni paytda xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida va u, «Checheniston Qahramoni» hamdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter