Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adashib yuborilgan xabar nikoh to‘yiga sabab bo‘ldi

Adashib yuborilgan xabar nikoh to‘yiga sabab bo‘ldi

Maykl va Lina Evanjelo

Foto: Facebook / Mayk Evanjelo

«Buyuk Britaniyadagi avtomobil savdosi bo‘yicha menejer tasodifan «WhatsApp»dagi noma’lum raqamga xabar jo‘natib, javob oldi. Raqamlarni terishdagi xato uning nikoh to‘yiga sababchi bo‘ldi», — deb xabar beradi «Lenta.ru» nashri.

Tasodifiy tanishuv Maykl Evanjelo(Michael Evangelou)ning o‘z telefon raqamini noto‘g‘ri yozganligi sababli yuz berdi. U «Girls trip» deb nomlangan kinokomediyani tomosha qilishni xohlardi, shu bois film nomini unutmaslik uchun o‘z-o‘ziga «WhatsApp» orqali xabar yubordi. Biroq bu raqamdan unga Lina ismli qiz javob berdi. «Salom! «Girls trip». Bu kim?», — deb so‘radi. Javob kutmasdan, ertasi kuni: «Menimcha, bu boshqa Lina uchun edi», — deya suhbatni davom ettirdi.

Avvaliga Evanjelo bu uning eski tanishlaridan biri bo‘lsa kerak deb o‘yladi, biroq bir necha xabardan keyin bu fikri noto‘g‘riligini angladi. Bir necha soatlik suhbatdan keyin ular uchrashishga qaror qilishdi. Birinchi uchrashuvdan ikki hafta o‘tgach, turmush qurishdi.

«Do‘stlarimizning aksariyati bizni aqldan ozgan deb o‘ylashdi, lekin ota-onalarimiz bundan rosa xursand bo‘lishdi», — deydi Lina. Maykl ham: «Bu, albatta, tanishishning aql bovar qilmas yo‘li», — deydi. Ikkalasi ham ularning tasodifiy uchrashuvi taqdir ekanligiga ishonishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring