Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini taqdirladi

Asosiy Qonunimiz bo‘lib hisoblanadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan bir guruh nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Faxriy yorliq bilan taqdirlangan xalqaro «New Hope rehabilitation Foundation»ning O‘zbekistondagi filiali rahbari Xong Ronald Devuk janoblari 20 yildan ortiq vaqt mobaynida mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni endorotez mahsulotlari bilan ta’minlab kelishi bilan bog‘liq samarali mehnati uchun mana shunday ko‘rinishdagi rahbat uchun o‘z minnatdorchiligini izhor qildi.
Uchrashuv davomida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tomonidan Adliya vaziri bilan qizg‘in suhbat uyushtirilib, sohani yanada takomillashtirish bo‘yicha ularning fikr-mulohazalari tinglandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter