Aeroportga «ishga kirituvchi» uchar qo‘lga olindi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti Aviatsiya xavfsizlik xizmati qo‘riqlash bo‘linmasi nazoratchisi poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaroni aeroportda faoliyat yurituvchi mansabdor tanishlari orqali qo‘riqlash bo‘linmasi nazoratchisi lavozimiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, evaziga 500 AQSh dollari talab qiladi.
DXX va IJQK Departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda uddaburon nazoratchi talab qilingan 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Dastlabki surishtiruvda nazoratchi aeroportga ishga joylab qo‘yish uchun o‘nga yaqin odamdan 500-1000 AQSh dollari miqdorida pul olganligiga iqror bo‘lgan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan boshqa fuqarolarni aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter