Afg‘on tadbirkori qarorini o‘zgartirdi: «O‘zbekistonga 1 millionmas, 3 million dollar olib kiraman»

Surxondaryo viloyatining Uzun tumani Davlat xizmatlari markazi kecha, 25-sentyabr kuni Afg‘oniston fuqarosi ishtirokida xorijiy korxonani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
E’tiborli jihati, afg‘on tadbirkori O‘zbekistonga 1 million dollar investitsiya kiritmoqchi edi. Ammo, DXM da o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi farmoniga asosan yaratilgan sharoitlar haqida batafsil tushuncha berilgach, mamlakatimizga 1 million emas, 3 million dollar investitsiya kiritishga qaror qildi.
Targ‘ibot tadbiridan so‘ng «HASHIMI» MChJ XK ga davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter