Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston kompaniyasi Surxondaryoda soyani qayta ishlash korxonasini quradi

Afg‘oniston kompaniyasi Surxondaryoda soyani qayta ishlash korxonasini quradi

Kecha, 8 may kuni Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov «Afghan Petroleum & Gas» (AP&G) kompaniyasi rahbari Kamoliddin Nabizoda bilan viloyatda soya yetishtirish va soyani qayta ishlash zavodini tashkil etish to‘g‘risida muloqot o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘onistondagi maxsus vakili Ismatulla Ergashev ham ishtirok etdi.

Ma’lumki, soya yog‘i xaridorgir va sog‘liq uchun foydali, uning shroti parranda uchun zarur oziqadir. Viloyatimizning iqlimi, tabiiy sharoiti, quyoshga to‘yingan tuproq soya yetishtirish va uni parvarishlash uchun juda mos keladi.

Muloqot chog‘ida viloyatga 7 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish, 6 ming gektar maydonda soyani ekish, qayta ishlash, tayyor mahsulot holatiga keltirish, ichki bozorni ta’minlash, ortiqchasini xorijga eksport qilish, soya chiqindisidan chorva mollari uchun ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarish, 120 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy mutaxassislarni tayyorlash masalalari bo‘yicha kelishib olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring