Afg‘oniston qurolli kuchlari bazasida noxush hodisa ro‘y berdi

G‘azni viloyatida joylashgan Afg‘oniston qurolli kuchlari bazasida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar berdi «RIA Novosti» mahalliy ma’muriyatga asoslanib.
Portlash Uruzgan tumanidagi harbiy bazada qayd etilgan. Manbaga ko‘ra, portlash to‘lqini shunchalik kuchli bo‘lganki, yaqin atrofdagi uylarni vayron qilgan. Mahalliy ma’muriyat qurbonlar haqida ma’lumot bermagan.
Guvohning so‘zlariga ko‘ra, portlash Tolibon radikal harakati jangarilari tomonidan tayyorlangan. Taxminlarga ko‘ra, ular bazaga tunnel qazib, u yerda portlovchi moddalarni qo‘ygan bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter